Get Mystery Box with random crypto!

Korxonada shtatlar qisqarganda ishda qolishda kimlar imtiyozli | Мехнат Мухофазаси ва Техника Хавфсизлиги

Korxonada shtatlar qisqarganda ishda qolishda kimlar imtiyozli huquqqa ega

Korxonada xodimlar soni (shtati) qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq boʻlgan xodimlarga beriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil boʻlgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:

qaramogʻida ikki yoki undan ortiq kishi boʻlgan xodimlarga;

oilasida undan boʻlak mustaqil ish haqi oluvchi boʻlmagan shaxslarga;

mazkur korxonada koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarida tegishli mutaxassislik boʻyicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurtlarini tamomlagan shaxslarga oʻqishni tugatgandan soʻng mutaxassisligi boʻyicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;

mazkur korxonada mehnatda mayib boʻlib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;

urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

atom obʼektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bogʻliq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yoʻliqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga.