Get Mystery Box with random crypto!

Kosmosdan internet qabul qiluvchi Starlink terminallari soni 1 | iTechno News

Kosmosdan internet qabul qiluvchi Starlink terminallari soni 100 mingtaga yetdi

– Bu haqda SpaceX asoschisi Elon Mask ma'lum qildi. Uning aytishicha, terminallar 14ta davlatda test rejimida ishlayapti.

– 2020-yil oxiridan ishga tushgan Starlink texnologiyasi – o'n minglab sun'iy yo'ldoshlar yordamida dunyoni internet bilan qamrab olishga mo'ljallangan. Shu orqali okean o'rtasida ham, cho'l bag'rida ham, eng chekka qishloqlarda ham yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish mumkin bo'ladi.

Terminal to'plamiga sun'iy yo'ldosh bilan bog'lanuvchi antenna (suratda), WiFi router va quvvatlantirgich kiradi. To'plam narxi Amerika sharoitida ancha arzon – $99.

@texnologiya_news