Get Mystery Box with random crypto!

Hayvonlarning oziqlanishi va ovqat hazm qilish sistemasi O'xsh | BIOLOGIYA | KIMYO ️- IMTIXONGA TAYYORLOV

Hayvonlarning oziqlanishi va ovqat hazm qilish sistemasi O'xshashlik va farqlari
Sodda hayvonlar va bo'shliqichlilarda ozig’i hujayra ichida ya'ni hazm qiluvchi vakuola yordamida hazm bo'ladi.
Yassi chuvalchanglarda ilk bor ichak va qisqa halqum paydo bo'lgan.Ularning orqa chiqarish teshigi bo'lmaydi. Oziq qoldiqlari og’zi orqali chiqib ketadi.
Uch shoxli ichak - oq planariyada;
Ikki shoxli ichak - jigar qurtida.
Parazit chuvalchanglarda hazm qilish yo'qolib ketgan.

To'garak chuvalchanglarda ilk bor qizilo'ngach va orqa chiqaruv teshigi, o'rta hamda keyingi ichak paydo bo'lgan.
Halqali chuvalchanglarda birinchi marta jig'ildon va oshqozon hosil bo'lgan.
Jig'ildon halqali chuvalchanglar va qushlarda mavjud.
Molyuskalarda hazm qilish sistemasi yanada murakkablashadi ya'ni ularda so'Iak va jigar bezlari rivojlangan.
Ikki bo'lmali oshqozon - qisqichbaqasimonlar va qushlarda mavjud.
Qishqichbaqalarda ozig'i oldingi katta oshqozonda maydalanadi, kichik oshqozonida suziladi.
Qushlarda esa oldingi oshqozoni bezli bo'lib oziqni yumshatadi, ikkinchi oshqozoni muskulli bo'lib oziqni maydalavdi.

Suvda ham quruqlikda vashovchilarda ilk bor til paydo bo'lgan.
Kloakasi maviud hayvonlar - suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralibyuruvchilar, qushlar;
Sut emizuvchilarning hazm qilish sistemasida - tishlar paydo bo'lgan.
Kavsh qavtaruvchi juft tuvoqlilarning - oshqozoni to'rt bo'lmali.
Kavsh qaytarmavdigan juft tuvoqlilarning oshqozoni bo'lmalarga bo'linmagan. Qoziq tishlari kuchli rivojlangan (kurak oyoqlilardan morjlarda va keng tovonlilardan fillarda ham).
Toq tuvoqlilarning ko'richak o'simtasi kuchli rivojlangan.

Og'zi boshining ostida joylashgan: yomg’ir chuvalchangi, bakra baliqlarva daryo qisqichbaqasida

➫ Yaqinlarga ulashing
Manba ko‘rsatilsin!
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@Testlar_Biologiya_Kimyo