Get Mystery Box with random crypto!

Energiya almashinuvi:ATF 3 ta bosqichdan iborat: | BIOLOGIYA | KIMYO ️- IMTIXONGA TAYYORLOV

Energiya almashinuvi:ATF



3 ta bosqichdan iborat:

1 - Bosqich

°°°°°°°°°°°°°°°

Tayyorgarlik bosqichi: Bu bosqichda oqsillarni aminokislotalargacha, yogʻlarni glitserin va yogʻ kislotalargacha, polisaxaridlarni monosaxaridlargacha parchalanishi roʻy beradi. Natijada kam miqdorda energiya ajraladi.

Energiyani hammasi (100 % i ) issiqlik ↑ sifatida tarqalib ketadi. Toʻplanmaydi (0%)



2 - Bosqich
°°°°°°°°°°°°°°°

Sitoplazma kechadi.
Achish, To‘liqsiz (chala) parchalanish, Oraliq, Kislorodsiz (anaerob) parchalanish deb nomlanadi.

1 molekula(180gr) glukoza ( C6H12O6 ) ni parchalanishi natijasida→2 molekula sut kislota ( C3H6O3 ) va 2 ta ATF ajraladi. Umumiy 200 kj energiya ajraladi.
200 kj energiyani ↑120 kj tarqaladi (60%) : ↓80 kj ATF ning fosfat bogʻlariga toʻplanadi (40%)


C6H12O6 + 2H3PO4 + 2 ADF = 2C3H6O3 + 2ADF + 2H2O


3 - Bosqich
°°°°°°°°°°°°°°
Mitoxondriyada kechadi.
Kislorodli( aerob ), To‘liq parchalanish, Nafas olish, Oksidlanish deb nomlanadi.

2 molekula sut kislota parchalanishi natijasida→36 ta ATF hosil boʻladi. Umumiy 2600 kj energiya ajraladi.
2600 kj energiyani ↑1160 kj tarqaladi (44,6%) : ↓1440 kj ATF ning fosfat bogʻlariga toʻplanadi (55,4%)


2C3H6O3 + 6O2 + 36ADF + 36H3PO4 = 6CO2 + 36ATF + 42H2O

Jami tarqalgan 120 + 1160 = 1280 kj.
Jami to‘plangan 80 + 1440 = 1520 kj.
Jami energiya ↑1280 +↓1520 = 2800 kj.


Umumiy energetik almashinuv reaksiyasining yigʻindisi.

C6H12O6 + 6O2 + 38ADF + 38H3PO4 = 44H2O + 6CO2 + 38ATF


Xloroplastlarda mitoxondriyaga nisbatan 30 marta koʻp ATF sintezlanadi.

Assimilatsiya → fotosintez.
Dissimilatsiya → energiya almashinuvi



FOTOSINTEZ bosqichlari


Yorug‘lik bosqichi
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°


1 - fotoliz (suv dissotsiyalanishi).
24H2O = 24H+ + 24OH

2 - radikallar birikishi (OH-)
24OH = 12H2O + 6O2

3 - vodorodni koʻchiruvchi kofermentlar sintezi (NADH2)
24H+ + 12OB = 12OBH2

4 - fosforlanish reaksiyasi (ATF sintezi)
18ADF + 18H3PO4 = 18ATF


Qorong‘ulik bosqichi
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°


6CO2 + 12OBH2 + 18ATF = C6H12O6 + 6H2O + 18ADF + 18H3PO4 + 12OB(Organik birikma)

➫ Yaqinlarga ulashing
Manba ko‘rsatilsin!
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
@Testlar_Biologiya_Kimyo