Get Mystery Box with random crypto!

​​“Men hamon o'sha professionalman, o'zgarmaganman”, — Ronaldu | Sport 24/7

​​“Men hamon o'sha professionalman, o'zgarmaganman”, — Ronaldu so'nggi voqealardan so'ng bayonot berdi 
“Men hamon o'sha professionalman, o'zgarmaganman”, — Ronaldu so'nggi voqealardan so'ng bayonot berdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soʻnggi voqealardan soʻng bayonot berdi. 
“Men hurmat bilan yashashga va oʻynashga harakat qilaman. Faoliyatim davomida hamkasblarim, raqiblarim va murabbiylarimga har doim shunday munosabatda boʻlganman. Bu oʻzgarmagan. Men oʻzgarmaganman. Hamon oʻsha odamman va oʻsha professionalman. 20 yildan beri katta futbol ichidaman va qarorlar qabul qilish jarayonida hurmat doimo juda muhim rol oʻynagan.
Juda yosh paytimdan oʻynay boshladim, yoshi katta va tajribali oʻyinchilar doim namuna boʻlgan. Shu bois kelajakda oʻzim ham yoshlarga oʻrnak boʻlishga harakat qildim. Afsuski, bu har doim ham ilojsiz va baʼzida ehtiroslar bizdan eng yaxshilarini olib qoʻyadi. Hozir Karringtonda qattiq ishlash, jamoadoshlarimni qoʻllab-quvvatlash va har qanday oʻyinda hamma narsaga tayyor turishim kerakligini his qilyapman. Bosimga berilish toʻgʻri yoʻl emas. Bu hech qachon chiqish varianti boʻlmagan. 
Bu — “Manchester Yunayted” va biz bardoshli boʻlishimiz kerak. Tez orada yana birga boʻlamiz”, — deb yozadi Ronaldu “Instagram”da.
Eslatib oʻtamiz, APL 12-turidagi “Tottenhem”ga (2:0) qarshi bahsda zaxirada qoldirilgan “Manchester Yunayted” hujumchisi oʻyin tugashini kutmay, kiyinish xonasiga yoʻl olgan va darhol “Old Trafford”ni tark etgandi.
Oʻyinning ertasiga “MYU” bosh murabbiyi Erik ten Hag “Chelsi”ga qarshi oʻyin uchun portugaliyalikni tarkibga kiritmasligini maʼlum qildi. Bundan tashqari Krishtianu jamoaning umumiy guruh mashgʻulotlaridan chetlashtirildi.