Get Mystery Box with random crypto!

#Kitob_ulashamiz Bugun 14-may sanasida 'STIPENDIAT' klubi va | TerSU Language Course

#Kitob_ulashamiz

Bugun 14-may sanasida "STIPENDIAT" klubi va TerDU "Til kurslari" ning faol aʼzosi Zebiniso opa Saparova bilan birgalikda bir necha yakka tartibda tahsil olayotgan oʻquvchilarga kitoblar sovgʻa qildik. Toʻgʻrisi, bunday hayriya ishlari insonga oʻzgacha hissiyotlarni berar ekan. Buni oʻsha oʻquvchilarning koʻzidagi quvonchidan ham bilish mumkin edi.

Ushbu tashabbusni ilgari surgan Zebiniso opaga va ularni qoʻllab-quvvatlab, oʻz hisoblaridan homiylik koʻrsatgan TerDU "Til kurslari" Beginner guruhi a'zolariga chin dildan tashakkur bildirib qolamiz. Shu kabi tashabbuslarni doim qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz.

"STIPENDIAT" klubi