Get Mystery Box with random crypto!

TerDU talabalarining darsligi Yevropaning Moldava davlatida ch | TerSU Foreign Philology

TerDU talabalarining darsligi Yevropaning Moldava davlatida chop etildi

TerDU Xorijiy filologiya fakulteti talabalari Barotaliyeva Muyassar va Bahromova Munisaning "Mystery of Reading" nomli qo'llanmasi Moldava Respublikasida Germaniyaning "Lambert Academic Publishing Press" nashriyotida chop qilindi.

Ushbu qo'llanma o'qish aspektini mustaqil yoki guruh bo'lib o'rganish uchun turli strategiyalarni taqdim etadi. Barcha savol turlari tahlil qilinadi va ushbu turdagi savollar bo'yicha testlar taqdim etiladi. Qo'llanma o'qish aspektiga oid barcha ma'lumotlarni taqdim etadi. Va bu yerda aytib o'tilgan savol turlari CEFR davogarlari uchun juda foydali.

Shuningdek, ushbu kitob www.morebooks.shop online bozorida sotuvga qo'yilgan.

Darslikdan ingliz tili ta'lim yo'nalishi talabalari va barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali