Get Mystery Box with random crypto!

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’ri | Termiz tumani hokimligi Axborot xizmati

Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan haftaning juma kunlari doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatining navbatdagisi o‘tkazildi.

Unda tuman hokimligi studiyasidan apparat xodimlari, aloqador tuman tashkilot va korxonalar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Siyosiy-ma’rifiy soatining bu galgi sonida spikerlar hafta davomida qabul qilingan dolzarb normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, Yoshlar forumi – 2021, davlat xizmatchilarining etikasi mavzulariga to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.

Navbatdagi o‘quv soatini Agentlikning ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Termiz tuman hokimligi
Axborot xizmati

https://t.me/termiztumanhokimligi