Get Mystery Box with random crypto!

«Termiz xalqaro aeroporti» mas’uliyati cheklangan jamiyati ma' | "Termiz xalqaro aeroporti" MChJ

«Termiz xalqaro aeroporti» mas’uliyati cheklangan jamiyati ma'muriyati vakillari va Kasaba qo‘mitasi raisi Qurbon Hayiti munosabati bilan bugungi yoshlarga ustozlik qilgan, uzoq yillar faoliyat olib borgan pensionerlar va ishchilarning nogiron oila a'zolaridan xabar olishdi va ularga sovg‘alar ulashishdi. Ulardan tashqari yaqinda Hindistonda murakkab jarrohlik amaliyotini o'tkazgan aeroport aerodrom xizmati texnigi A.Shukurovdan xabar olib, unga tez kunlarda sog'ayib sevimli kasbiga qaytishi tilaklari bildirdik.
Aeroport matbuot xizmati.
Foto: Z.Saparov