Get Mystery Box with random crypto!

#“ISLOHOTLAR BILIMDONI - KITOBXON TALABA” #“ENG SARISHTA XONA | TerDU Pedagogika instituti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti

#“ISLOHOTLAR BILIMDONI - KITOBXON TALABA”
#“ENG SARISHTA XONA”

Joriy yilning 28 yanvar kuni Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti dekan o’rinbosari U.Turamurotov hamda filial Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sh.Tursunov hamkorligida filialga qarashli talabalar turar joyi(TTJ)da istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida TTJda yashayotgan talabalar xonalari tozaligi, yashash sharoitlar o‘rganildi.
Talabalar bilan muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, sessiya jarayonlarining adolatli-xolis o‘tkazilayotganligi haqida suhbatlashdi.

Yoshlar Ittifoqi
boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Sh.Tursunov