Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi | TerDuPi Tillar fakulteti

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oliy va (kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum) ta'lim muassasalarida talaba hamda o'quvchilar o'rtasida quyidagi mavzularda tanlovlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tanlovning birinchi bosqichi Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida tashkil etildi. Unda
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat" nominatsiyasida 1-o‘rinni - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi Lobar Yo‘ldosheva;
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusidagi insholar tanlovida 1-o‘rinni - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi Jasmina Mustafayeva;
“Odam savdosi-davr muammosi” mavzusidagi maqolalar tanlovida 1-o‘rinni Tillar fakulteti talabasi Manija Qudratova;
“O‘zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzusidagi maqolalar tanlovida 1-o‘rinni Pedagogika- psixologiya va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Gulshirin Bozorovalar egallab, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.