Get Mystery Box with random crypto!

#TerDU_Zakovat_Klubi Assalom-u aleykum hurmatli Termiz Davla | TerDU Yoshlari

#TerDU_Zakovat_Klubi

Assalom-u aleykum hurmatli Termiz Davlat Universiteti Zakovat klubi bilimdonlari.

Yaqin kunlarda TerDU Zakovat klubida anʼanaviy oʻyinlar boshlanishi munosabati bilan jamoalardagi transferlar boshlandi.

Klub tarkibidagi jamoalar oʻz saflariga tajribali va umidli bilimdonlarni qoʻshib ola boshlashdi.

Oʻz jamoasi rivoji uchun yangi bilimdon qidirayotgan jamoalar oʻz vakantsiyasini e'lon berishlari mumkin.

Zakovatga qiziqishi boʻlgan lekin jamoa topa olmayotgan bilimdonlar ham murojaat qilishlari soʻraladi. Natijada ulardan ham yangi va kuchli raqobatdosh jamoalar shakllantiriladi.

Vakant oʻrinlari bor jamoalar va jamoa qidirayotgan qiziquvchi bilimdonlar
TerDU Zakovat klubi koordinatori
@Dilshodbek_Eshmominov telegram manziliga murojaat qilishlari soʻraladi.

Kanalimizga obuna boʻlishni unutmang

@TerDU_Zakovatt