Get Mystery Box with random crypto!

Taqvimdagi sana – 1-yanvar, yil boshi. Buning eng ajib tomoni | 𝙏𝙖𝙗𝙞𝙞𝙮 𝙛𝙖𝙣𝙡𝙖𝙧 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩𝙞 (𝙧𝙖𝙨𝙢𝙞𝙮 𝙠𝙖𝙣𝙖𝙡𝙞)

Taqvimdagi sana – 1-yanvar, yil boshi. Buning eng ajib tomoni – doim yangi umid beradi. Xato va kamchiliklarni bartaraf etib, yangi hayot boshlashga imkoniyat bordek.

Shu kunda bir gapni do‘stona eslataman: raqamlardan boshqa hech nima o‘zgarmadi. O‘zingizni aldamang.

Bugundan o‘zingizni o‘zgartirmas ekansiz, siz uchun dunyo o‘zgarmaydi. U siz tasavvur qilganday bo‘laveradi. Dunyoni o‘zgartirishni o‘zingizdan boshlang. Maqsadni katta qo‘ying. Unga erishguncha aslo to‘xtamang!

P.S. Bu motivatsiya-potivatsiya emas, shunchaki har gal «1-dan» o‘zgaraman, deydiganlarga eslatma :)

Tabiiy fanlar fakulteti rasmiy kanali