Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul_2023 #kasbiy_imtihon Ijodiy imtihonlar adolatli va s | TerDU rasmiy kanali

#Qabul_2023
#kasbiy_imtihon

Ijodiy imtihonlar adolatli va shaffof oʻtkazilishi uchun barchasi shay

Termiz davlat universitetida
2023/2024-oʻquv yili uchun Dizayn (milliy kostyum), Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto), Sport faoliyati (dzyudo), Sport faoliyati (futbol), Sport faoliyati (kurash), Sport faoliyati (voleybol), Sport faoliyati (yengil atletika) taʼlim yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar 31-iyuldan boshlanadi.

Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, http://imtihon.tersu.uz sayti orqali istalgan joyda jonli kuzatib borishingiz mumkin.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari shay holatga keltirilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga kuzatuvchi sifatida jamoatchilik vakillari, deputatlar, OAV xodimlari, bloggerlar taklif etilgan.

Muhim eslatma! Abituriyentlar ijodiy imtihon kunlari oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID), roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha qayd varaqasi bilan kiritiladi hamda tegishli sport formasi va kerakli jihozlarini olib kelishi soʻraladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin:

+998 76 228 03 40

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
www.tersu.uz
@terdu340

Aziz abituriyentlar! Barchangizga omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!
———————————————-
Telegram | Instagram | Facebook | You tube| Sayt