Get Mystery Box with random crypto!

#qabul2023 #statistika 1 mln 18 ming 7 nafar abituriyent onl | TerDU rasmiy kanali

#qabul2023
#statistika

1 mln 18 ming 7 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi

2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi. Shundan, 642 ming 325 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 375 ming 682 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada). Jumladan,

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha:

O‘zbek tili — 890 304 nafar;
Rus tili — 95 456 nafar;
Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
Boshqa tillar — 2 330 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, ammo hali to‘lovni amalga oshirolmagan abituriyentlar bugun, soat 23:59 gacha to‘lov qilishlari mumkin.

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube