Get Mystery Box with random crypto!

#qabul2023 Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiru | TerDU rasmiy kanali

#qabul2023

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 903 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 272 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 491 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 112 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 28 ta.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating:
@eduuz