Get Mystery Box with random crypto!

#RektorMaʼruzasi_haftaligi “Rektor maʼruzasi” haftaligi doir | TerDU rasmiy kanali

#RektorMaʼruzasi_haftaligi

“Rektor maʼruzasi” haftaligi doirasida oliy taʼlim muassasalari rektorlari talabalarga dars oʻtishmoqda.

Xususan, Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov amaliy matematika yoʻnalishi 2 kurs talabalari uchun “Rekkurent neyron tarmoqlari” mavzusida ochiq ma’ruza oʻtdi.

Interaktiv, savol-javoblar asosida oʻtgan dars mashgʻulotida neyron turlari, rekkurent neyron tarmoqning bugungi istiqbollari, sohadagi yangiliklar aytib o’tildi. Ayniqsa, talabalarda bugungi kunda rivojlanib borayotgan takroriy neyron tarmoqlar qoʻllaniladigan sohalar qiziqish uyg’otdi. Tilni modellashtirish va matn yaratish, mashina tarjimasi, inson nutqini tanib olish, tasvirlarni yaratish - bularning barchasi sunʻiy intelekt mahsuli ekanligi va inson omilisiz amalga oshirilayotganligi haqida qiziqarli misollar orqali ma’lumotlar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting!
—————————————————
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt