Get Mystery Box with random crypto!

#referendum_2023 Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va | TerDU rasmiy kanali

#referendum_2023

Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti tyutorlari hamda volontyor talabalari tashabbusi bilan Termiz shahridagi "Bog'zor" MFYda ham bo‘lib o‘tdi.

Unda yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirilib, yangilanayotgan konstitutsiya ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt