Get Mystery Box with random crypto!

Termiz davlat universitetiga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila | TerDU rasmiy kanali

Termiz davlat universitetiga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva tashrif buyurdi

Dastlab Tanzila Narbayeva
universitetda  talabalarning taʼlim olishi uchun yaratilgan qulay, zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So‘ng professor-o‘qituvchi, doktorant va talabalar bilan uchrashuv, ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirni    universitet rektori  A.Maraximov ochib berdi.
Shundan so‘ng so‘z olgan Tanzila Narbayeva yurtimizda amalga oshirilayotgan keng o‘zgarishlar, xususan, ta‘lim sohasidagi islohotlar haqida to‘xtaldi. Gender tenglik borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlar huquqlari borasida qonunchilikda kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berar ekan, bularning barchasi yangilanayotgan konstitutsiyamizda normalar bilan mustahkamlanayotganligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etdi. So‘z olgan professor-o‘qituvchi va talabalar o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt