Get Mystery Box with random crypto!

15-APREL – «MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI» Soʻnggi yilla | TerDU rasmiy kanali

15-APREL – «MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI»

Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli sohada qator islohotlar amalga oshirilayotgani barchamizga maʼlum.

Qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlar xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” etib belgilanishi sohaning barcha vakillari tomonidan beqiyos xursandchilik bilan kutib olindi.

Shu munosabat bilan barcha madaniyat va sanʼat fidoyilarini bugungi sana bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga zalvorli hamda faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun chuqur hurmatimizni bildirib, samimiy, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Aziz ustozlar, sizlarga uzoq va barokatli umr, oilaviy hotirjamlik, kelgusi faoliyatlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt