Get Mystery Box with random crypto!

Muddatli harbiy xizmat har bir yigitning – sharafli burchidir | TerDU rasmiy kanali

Muddatli harbiy xizmat har bir yigitning – sharafli burchidir

Termiz shahridagi san’at saroyida bir guruh mard, jasur o‘g‘lonlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.   

Unda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i P.Sativaldiyev, Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, mudofaa vazirligi jamoatchilik kengashi viloyat bo‘limi, Termiz harbiy prokuraturasi, faxriylar va nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, askarlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Tantanali tadbirda Milliy armiyamizni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tinch, farovon hayotimizni ta’minlashdagi o‘rni haqida so’z yuritildi.

Shundan so‘ng, Vatan himoyasiga otlangan askarlarga Termiz davlat universiteti rektori A.Maraximov tomonidan “Armiya–hayot maktabi” kitobi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt