Get Mystery Box with random crypto!

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” tadbiri Bugun Termiz davlat uni | TerDU rasmiy kanali

“Jaholatga qarshi – ma’rifat” tadbiri

Bugun Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida 450 nafar talabalar ishtirokida “Jaholatga – qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi, Xalqaro Islom akademiyasi doktaranti J.Meliqo‘ziyev, Termiz davlat universiteti O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor R.To‘rayev, va professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yoshlarni turli oqimlarga tushib qolishini oldini olish va internet tarmoqlaridan to‘g‘ri foydalanishi haqida kerakli ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ta’lim muassasa talabalari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt