Get Mystery Box with random crypto!

Milliy libos – millat qiyofasi Milliy libosimizda xalqimiznin | TerDU rasmiy kanali

Milliy libos – millat qiyofasi

Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam. Milliy liboslarimizda qizlarimizga mos ibo va hayo aks etgan.

Qadryatlarimizni va an’analarimizni o‘zida aks etirgan milliy matolarimiz va liboslarimiz haqida kengroq tushuncha berish maqsadida Termiz davlat universitetida Milliy libos va san’at fakulteti tomonidan tadbir tashkil etildi.

Unda fakultetning iqtidorli qizlari o‘zlarining ijod namunalari va eskizlari bilan ishtirok etdi.

Bundan tashqari ushbu tadbirga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori, professor X.Komilova ham tashrif buyurdi va milliy matolarimiz va liboslarimiz haqida talaba-qizlarga batafsil ma’lumot berdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt