Get Mystery Box with random crypto!

SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI 'Konstitusiyaning yagona manbai v | TerDU rasmiy kanali

SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI

"Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak" shiori ostida Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi tashabbusi bilan Viloyat sudi raisi va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi mudiri N.Mallayev, Surxondaryo viloyati sudi raisi A.Ro‘ziqulov va Yuridik fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida 30-aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qoʻyilishi, referendumning o'tkazilish tartibi hamda Yangilanayotgan Konstitutsiyamizga kirtilayotgan qo'shimcha va o'zgartirishlar xalqimiz manfaatlarini ko'zda tutganligi haqida kengroq tushunchalar berildi.

Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt