Get Mystery Box with random crypto!

#Tanlov2023 “Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsi | TerDU rasmiy kanali

#Tanlov2023

“Olima ayollar” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilindi

Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu tanlovda quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha arizalar qabul qilinadi:

Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik
Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari
Biologiya fanlari
Biotexnologiya fanlari
Filologiya va ijtimoiy fanlar
Huquq fanlari
Iqtisod fanlari
Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiya
Matematika, fizika va mexanika fanlari
Pedagogika va psixologiya fanlari
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
Tarix va arxeologiya fanlari
Texnika fanlari
Tibbiyot fanlari
Veterinariya va chorvachilik yo‘nalishi
Farmakologiya va farmasevtika fanlari
Yer to‘g‘risidagi fanlar

Hujjatlar 5-mayga qadar www.grant.mininnovation.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

Tanlovda ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida hamda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda ishlayotgan ilmiy darajaga ega xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.

BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube