Get Mystery Box with random crypto!

Orientation week 2022/2023-o‘quv yilida talabalikka qadam qo | TerDU rasmiy kanali

Orientation week

2022/2023-o‘quv yilida talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish maqsadida bugun TerDUda “Orientation Week” loyihasining 3-kuni bo’lib o’tdi.

Loyihaning 3-kunida Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqaramasi boshlig'i J.Choriyev, TerDU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Shofiyev talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularga loyiha doirasida o‘tkaziladigan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yoshlar uchun ajratilgan grantlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan yangicha loyihalar haqida maʼlumot berildi.

Yakunida boshqarma boshlig'i tomonidan yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish maqsadida chop etilgan “Jadidlar” kitoblar to’plami universitetga sovg’a sifatida taqdim etildi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali