Get Mystery Box with random crypto!

#TerDU #talaba_yoshlarni_birlashtirgan_loyiha Orientation we | TerDU rasmiy kanali

#TerDU
#talaba_yoshlarni_birlashtirgan_loyiha

Orientation week

2022/2023-o‘quv yilida talabalikka qadam qo‘ygan yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘mak berish, talabalarni universitet, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida bugun TerDU Pedagogika fakultetida “Orientation Week” loyihasining 1-kuniga start berildi.

Loyihaning 1-kunida Termiz davlat universiteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi I.Tolipov hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Bobomurodov talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularga loyiha doirasida o‘tkaziladigan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

Loyiha 9-sentyabr kuniga qadar davom etadi.

Aziz talabalar siz ham “Orientation week” loyihasida faol ishtirok eting!

Bizni kuzatishda davom eting!


Termiz davlat universiteti rasmiy kanali