#Talabaga_yengillik Banklarda ta’lim krediti uchun alohida | TerDU rasmiy kanali
#Talabaga_yengillik
Banklarda ta’lim krediti uchun alohida mas’ullar belgilandi
Ma’lumki, hukumat qarorlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan.
Ushbu jarayonlarda kredit oluvchilarga qulaylik yaratish va amaliy ko‘mak berish maqsadida ta’lim kreditlari taklif etayotgan tijorat banklarida alohida mas’ullar belgilandi.