Get Mystery Box with random crypto!

TerDPI Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti

Telegram kanalining logotibi terdpi_yoshlar_ittifoqi — TerDPI Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti T
Telegram kanalining logotibi terdpi_yoshlar_ittifoqi — TerDPI Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti
Kanal manzili: @terdpi_yoshlar_ittifoqi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 802
Kanalning ta’rifi

#TerDPI_Yoshlar_Ittifoqi Boshlang'ich_tashkiloti
#Talabalar_Kengashi
#Yangilikar
Murojaat uchun
Shotemirov Sanjar Yoshlar yetakchisi
998994265907
Admin
@Shox9112
Tel: 998 90 411 13 21

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-04 15:33:30
Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar soni 150 mingdan oshdi

“Wiki-stipendiya” loyihasi boshlangandan beri 3-iyul holatiga ko‘ra, oʻzbekcha Vikipediyada yaratilgan maqolalar soni 150 000 taga yetdi. Oʻzbekcha Vikipediya ayni paytda 150 082 ta maqola bilan barcha tillardagi Vikipediyalar orasida 58-oʻrinda bormoqda.

Shuningdek, o‘zbek tili turkiy tillardagi Vikipediyalar orasida turkcha, tatarcha, janubiy ozarbayjoncha, ozarbayjoncha va qozoqcha Vikipediyalardan keyin 6-oʻrinda bormoqda.

30-iyun — Yoshlar kunida Prezidentimiz “Wiki-stipendiya” loyihasi haqida gapirib o‘tganlaridan so‘ng, loyihaga qiziquvchilar va o‘zbek tilidagi maqolalar sonini ko‘paytirishga hissa qo‘shishni istagan yoshlarimiz safi sezilari darajada oshib ketdi.

“Wiki-stipendiya” loyihasi ishga tushgach, avval o‘zbekcha Vikipediyada mavjud bo‘lmagan juda ko‘plab maqoalalar joylandi. Masalan, “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, “Zakovat” intellektual o‘yini, Samarqand noni, O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova haqidagi maqolalar shular jumlasidandir. Loyiha doirasida joylangan maqolalar bilan tanishish uchun havola.

Loyihada ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan o‘ting va siz ham Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalarni boyitishda faol bo‘ling.

@alisher_sadullaev
262 viewsSanjar Shotemirov, 12:33
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:50:12
Расман: 9 июль Қурбон ҳайити байрами этиб белгиланди

Президент қарорига кўра, 2022 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 9 июль — шанбага тўғри келиши муносабати билан Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади.

Президент фармонига мувофиқ, 2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланган. Шунга кўра, Қурбон ҳайити арафасида иш ҳафтасининг туридан қатъи назар 4 кун дам олинади. Бунда:

● 9 июль (шанба) — Қурбон ҳайити байрами;
● 10 июль (якшанба) — дам олиш куни;
● 11 июль (душанба) — барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни;
● 12 июль (сешанба) — 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун қўшимча дам олиш куни, 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар учун 16 июль (шанба) дан кўчирилган дам олиш куни.
283 viewsSanjar Shotemirov, edited  16:50
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:47:45
#Qabul_2022|#Magistratura

Magistraturaga qabul boshlandi

2022-yil 1-iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni boshlandi.

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat OTMning magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklari hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻladi.

@eduuz
227 viewsSanjar Shotemirov, 16:47
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:46:24
MUNAVVAR KUN DASTURI 02.07.2022-YIL

Bugun 2-iyul O'zbekiston Respublikasi Davlat Gergi qabul qilinganiga 30-yil to'ldi. Ushbu bayram munosabati bilan Termiz davlat Pedagogika instituti Ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i Murod Qurbonovni suhbatga chorladik. Aynan bugun yurtimizda yoshlar yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning tashabbuslari qolaversa yangi Konstitutsiyaviy islohotlar loyihasini ishlab chiqishda yoshlarning fikr va takliflari haqida mehmonimiz bilan suhbatlashdik.
241 viewsSanjar Shotemirov, 10:46
Ochish/sharhlash
2022-07-03 13:46:21
MUNAVVAR KUN DASTURI 02.07.2022-YIL

Bugun 2-iyul O'zbekiston Respublikasi Davlat Gergi qabul qilinganiga 30 yil to'ldi. Kuni kecha davlatimiz rahbari
,, 30-iyun Yoshlar kuni " munosabati bilan barcha O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigini yo'lladilar. Aynan bugun O'zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda takliflarning 71% yoshlar tomonidan berilayotganligi ham bejizga emas. Bugun yoshlar har jabhada faol va tashabbuskordirlar. Biz ham ana shunday tashabbuskor yoshlarimizdan biri Termiz davlat Pedagogika instituti Yoshlar yetakchisi Shotemirov Sanjarni ushbu islohotlar hamda ,, 30-iyun Yoshlar kuni " da e'lon qilingan yangi qarorlar haqida suhbatlashish maqsadida ko'rsatuvimizga taklif etdik.
231 viewsSanjar Shotemirov, 10:46
Ochish/sharhlash
2022-07-01 21:04:38
#Yoshlar_kuni
#Yoshlar_festivali
#Toshkent_Humo_arena
#Kelajak_liderlari_klubi_àzosi
#Qizlar_ovozi_Zakovat_va_debat_intelektuall_òyinlar_viloyat_koordinatori
#TDPI_Maktabgacha_va_texnologik_tàlim_fakulteti_yoshlar_yetakchisi

Kuni kecha 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan Respublikamiz bo'ylab o'tkazilgan yoshlar festivalida Toshkent shahrida Humo arenasidan turib yurtboshimizni qarshilarida ularni jo‘shqin mehr bilan yog‘rilgan yoshlarga yo‘llagan qaynoq nutqlarini jonli tinglash respublika yoshlarini pozitiv kayfiyatini ko'rish va shunday tarixiy sonyalarni o‘zim shohidi bo‘lish baxtiga musharraf bo'lganimdan juda xursandman bu uchun Surxondaryo viloyati hokimi Surxon yoshlarini rahnamosi homisi To‘ra Abdiyevichga o‘z minnatdorlikligimni bildiraman.
570 viewsSURAYYO QODIROVA, 18:04
Ochish/sharhlash