Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 5-iyul kuni Termiz davlat Pedagogika institutida | TerDPI Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti

Joriy yilning 5-iyul kuni Termiz davlat Pedagogika institutida O'zLidep Surxondaryo viloyat bo'limi hamkorligida
,, Konstitutsiyaviy islohotlarda mening fikrim " mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda yangi tahrirdagi qonun loyihasidagi o'zgarishlar va unga aholi keng jamoatchilik hamda o'qituvchi-professorlarning fikr va takliflari tinglandi. Institutning Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limi uslubchisi Hamidova Nodira Sattorovna ham yangi qonun lohiyasiga o'z taklifini bildirdi. Bugun mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo'lmasdan o'z konstitutsion huquq va imkoniyatlarimizdan davlatimiz taraqqiyoti uchun foydalanish har birimizning burchimizdir.