Get Mystery Box with random crypto!

#1 'Kelajak kasblari' loyihasi bo'yicha eng ko'p berilgan savo | Temurbek Adhamov

#1 "Kelajak kasblari" loyihasi bo'yicha eng ko'p berilgan savollar

Savol:
"Kelajak kasblari" o'zi qanday loyiha?
Javob: Loyiha bilan batafsil ushbu xabarda tanishib chiqsangiz bo'ladi.

Savol: Loyihada faqat imkoniyati cheklanganlar qatnasha oladimi?
Javob: Yo'q, loyihada 10 ta toifadagi insonlar qatnasha olishi mumkin. Buni bafatsil shu manzildan bilib olsangiz bo'ladi.

Savol: Saralash imtihonlarida nimalar talab qilinadi? Nimadan imtihon topshiramiz?
Javob: Saralash imtihonlarida mantiqiy savollar va ingliz tili bo'yicha test savollari bo'ladi. Shu ikki mezon bo'yicha o'quvchilar saralab olinadi.

Savol: Saralash imtihonida ingliz tilidan IELTS sertifikati bor o'quvchilar ozod etiladimi?
Javob: Nomzodning 6.0 va undan yuqori ballga ega IELTS sertifikati bo'lsa, u imtihondan to'liq ozod qilinadi. Agar IELTS darajasi 6 dan past bo'lsa, imtihonda qatnashadi va ikkita bo'lim savollariga ham to'liq javob beradi.

Savol: Grantda ayni vaqtda "Najot Ta'lim"da o'qiyotganlar ham qatnasha oladimi?
Javob: Ha, qatnasha oladi. Buning uchun ushbu xabarda aytib o'tilgan shartlarni bajarib, ID-raqam olib, saralash imtihonida qatnashishingiz so'raladi.

Savol: Grant bo'yicha "Najot Ta'lim"dagi standart kurslarda o'qiladimi yoki bootcamp?
Javob: O'zingiz tanlagan va sizga ma'qul bo'lgan istalgan yo'nalishdagi istalgan ta'lim turida o'qisangiz bo'ladi.

Savol: 16-iyulda bo'lib o'tadigan imtihondan o'ta olmasam, boshqa imkoniyat berilmaydimi?
Javob: Agar imtihondan o'ta olmasangiz, navbatdagi imtihonlarda ham qatnashishingiz mumkin.

Savol: 15 yoshman. Grantda qatnashsam bo'ladimi?
Javob: "Kelajak kasblari" grantida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar qatnashish imkoniyatiga ega.

Savol: "Kelajak kasblari" loyihasi bo'yicha qayerdan batafsil ma'lumot olsam bo'ladi?
Javob: 1093 raqamiga qo'ng'iroq qilish yoki yoshlardaftari.uz saytiga tashrif buyurish orqali loyiha haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. 1093 raqami 24/7 tarzda kun-u tun faoliyat olib boradi. Istalgan vaqtda bog'lanish imkoniyati mavjud.

Grant bo'yicha batafsil tanishib chiqish