Get Mystery Box with random crypto!

Zamonaviy kasblarni o'rganish uchun ajratilgan 100 ta grant hi | Temurbek Adhamov

Zamonaviy kasblarni o'rganish uchun ajratilgan 100 ta grant hisoboti

Yoshlar ishlari agentligi
va «Najot Ta'lim» bilan birgalikda vodiylik yoshlar zamonaviy kasblarni o'rganib, daromadli kasb egasi bo'lishi uchun 100 ta grant e'lon qilingan edi.

Unga ko'ra, grantning 60 tasi dasturlash, 40 tasi esa grafik dizayn yo'nalishlari uchun ajratilgan.

Hozirga qadar grant so'rovnomasini 716 nafar zamonaviy kasblarni o'rganishga intiluvchan va qiziquvchi yoshlar to'ldirdi.

Endilikda ular 2-bosqich saralash jarayonlari uchun 27-may soat 13:00 da va 28-may soat 11:00 da «Najot Ta'lim» Farg'ona filialida mantiqiy fikrlash (IQ) va ingliz tili bo'yicha imtihon topshirishadi.

Imtihondan muvaffaqiyatli tarzda o'tgan nomzodlar 3-bosqichda «Najot Ta'lim» jamoasi tomonidan suhbat asosida saralab olinadi.

Grantni qo'lga kiritgan iqtidorli yoshlar 8 oydan 1 yilgacha «Najot Ta'lim»da dasturlash va grafik dizayn yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olishadi.

Bugun grant uchun qabulning so'nggi kuni. Agar siz zamonaviy kasblarga qiziqsangiz, lekin hali ham ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, hoziroq grant uchun ro'yxatdan o'ting.

Grant uchun ro'yxatdan o'tish

Grant haqida batafsil

Olg'a, yoshlar!