Get Mystery Box with random crypto!

Young Lions'da nima uchun va qanday qatnashish kerak? 28-30 a | Temurbek Adhamov

Young Lions'da nima uchun va qanday qatnashish kerak?

28-30 aprel kunlari O'zbekistonda Young Lions Competition bo'lib o'tadi. Go'lib jamoalar finalga yo'llanma olib, butun dunyo g'oliblari bilan bellashadi. Final Fransiyada (borishga imkon bo'lmasa, onlayn) bo'lib o'tadi.

605 Agency jamoasi o'tgan yili Young Lions musobaqasida 2-o'rin egallagan edi. Musobaqda asosan katta tajribali, allqachon bir nechta festivallarni ko'rgan agentliklarning jamoalari qatnashgan. Bular esa kamchilik.

Bizning yigit-qizlarda potensial katta, ammo negadir shunaqa xalqaro darajalarga yoki intilmaydi, yoki bu haqida bilmaydi.

Shuning uchun biz "Young Lions Competition nima va qanday qatnashish kerak" mavzusida leksiya o'tkazishga qaror qildik.

Qachon: 19-aprel, chorshanba, soat 14:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha qiziquvchilar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

O'rningizni band qiling

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi