Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisod, moliya va investitsiya mavzularidagi tanqidiy materia | Temurbek Adhamov

Iqtisod, moliya va investitsiya mavzularidagi tanqidiy materiallari bilan tanilgan yosh jurnalist Madina Ochilova yo'qolib qolgan. U bugun soat 14:00 larda huquq organlariga chaqirilgani bo'yi aloqaga chiqmayapti.

Yaqinlari bilan bog'lanilganda, ular ham Madinadan xabar yo'qligi, hozirgacha bog'lanishning imkoni bo'lmayotgani haqida aytgan. Xavotirlar kuchayib bormoqda.

O'zbekistonda kechagina xotin-qizlar huquqlari, ularga nisbatan qilingan zo'ravonlik uchun jazoni kuchaytirish haqida qonun qabul qilingan edi.

Shuningdek, mamlakatda senzura yo'qligi haqida bot-bot gapirib kelinadi. Ammo bugun yosh bir jurnalist qizning yo'qolib qolishi, sud-so'roqsiz 8 soatdan ortiq vaqt davomida, yaqinlariga noma'lum joyda ushlab turilgani mamlakatda qonunlardan tashqari ham qandaydir tartiblar ishlayotganidan darak beradi.

Men jamoatchilikni jurnalist singlimiz hayotiga befarq bo'lmaslikka, bu haqda bong urishga chaqiraman.