Get Mystery Box with random crypto!

Kelajak yoshlari 3-mavsum granti saralash jarayoni haqida Bu | Temurbek Adhamov

Kelajak yoshlari 3-mavsum granti saralash jarayoni haqida

Bu galgi — uchinchi mavsum grantiga 1200 (bir ming ikki yuz)ga yaqin inson ariza topshirdi. Arizalar soni oldingilariga nisbatan ko'proq. Bu holat insonni xursand qiladi.

Arizalarni saralash allaqachon boshlangan va dushanbaga qadar to'liq tugatiladi. Kelgusi hafta seshanbadan boshlab yuzma-yuz suhbatlar qo'yiladi. Hozirgi paytda arizasi va holati to'liq mos kelgan 141 kishi suhbat qilish uchun haqli deb ajratildi. Undan tashqari 300 ga yaqin arizani 2-marta ko'rib chiqish kerak.

Grantni Cambridge va Najot Ta'lim markazlari HR bo'limi mutaxassislari saralashmoqda. Agarda siz suhbatga chaqiriladigan bo'lsangiz, alohida tayyorlanishingizni so'rab qolaman.

Suhbat kunlari 11-apreldan 15-aprelgacha davom etishi rejalashtirilmoqda. Suhbatlar bir bosqichdan iborat bo'lib oflayn bo'lib o'tadi. Agarda ishtirokchi Toshkent shahrida bo'lmasa suhbat onlayn tarzda o'tkaziladi.

Ushbu — uchinchi mavsum granti uchun maksimum 100 nafar haqdor ajratib olinishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun: Grantning birinchi mavsumida 382 nafar arizadan 60 kishiga grant berilgan edi (15,7 foiz). Ikkinchi mavsumda 638 nafar kishi arizadan 40 nafari g'olib deb topilgan edi (6,26 foiz).

Aytgancha, suhbatga tayyorlanish uchun eng kamida ushbu ma'lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilaman:

Maqola — Grant suhbati qanday o'tadi?
Voicechat — Qanday qilib kerakli kadrga aylanish mumkin?

@alizairov