Get Mystery Box with random crypto!

Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli “Qamchiq” dovoni | Temiryo'lchi.uz

Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Shu sababli bugun, 4-yanvar kuni soat 00:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.

“Qamchiq" dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.


@temiryolchi_uz