Get Mystery Box with random crypto!

#fakt Kompyuter viruslari haqida faktlar Kompyuterdan foyd | TEMA - Kompyuter bozori 🛒

#fakt

Kompyuter viruslari haqida faktlar

Kompyuterdan foydalanadigan har bir kishi borki viruslarga duch keladi. Keling, kompyuter viruslari haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz:

1. Har yili kompyuter viruslari jahon iqtisodiyotiga 1,5 trillion dollar moliyaviy zarar keltiradi.

2. Har oy 6000 dan ortiq kompyuter viruslari yaratiladi va tarqatiladi.

3. Odatda virus yaratuvchilari 14 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan erkaklardir.

4. 2007 yil yanvar oyida "Storm" deb nomlangan troyan oktabr oyigacha 50 millionga yaqin kompyuterni zararlagan.

5. Dunyodagi eng tezkor virus — Slammer(qamoqxona) bir necha daqiqada 75 mingdan ortiq kompyuterni zararlagan.

6. Barcha davrlardagi eng qimmat kompyuter virusi MyDoom bo'lib, u 38,5 milliard dollar zarar keltirgan.

7. Ko'p sonli xavfsizlik usullariga ega bo'lishiga qaramay, hech bir antivirus barcha turdagi viruslarni aniqlab, kompyuterni to'liq himoya qilolmaydi.

8. Statistikaga ko'ra, dunyoda har uchinchi kompyuter yiliga kamida bir marta virus hujumiga uchraydi.

@tema_computer