Get Mystery Box with random crypto!

Telefonzone

Telegram kanalining logotibi telefonzone — Telefonzone T
Telegram kanalining logotibi telefonzone — Telefonzone
Kanal manzili: @telefonzone
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 526
Kanalning ta’rifi

Савол ва таклифлар учун: @Telefonzonebot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-04-14 06:00:40
Vivo X60 Pro: kosmik peyzajlarni suratga olishga mo‘ljallangan fotoflagman taqdim etildi

Vivo kompaniyasi X60 Pro flagmanlari sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Fotoflagmanga FullHD+ sifatni qo‘llab-quvvatlashga qodir va 120 gertsli tasvir yangilanish chastotasiga ega 6,56 dyuymli displey o‘rnatilgan. U yangi avlod professional barqarorlashtirgich tizimi va ultimativ tungi rejimga ega

Qurilmada protsessor sifatida Snapdragon 870’dan foydalanilgan. Operatsion tizimi 12 gigabayt (+ 3GB RAM), ichki xotirasi — 256 gigabayt. Smartfon 814 dollardan sotuvga chiqqan.

T.me/TelefonZone
652 views03:00
Ochish/sharhlash
2021-04-14 06:00:40
Yaxshi yangilik: Barcha terminallar Uzcard va HUMO kartalarini qabul qiladigan bo'ladi

Uzcard va HUMO to‘lov tizimlari memorandum imzolashdi, unga asosan yil oxirigacha terminallar ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, hozir Uzcard terminallari HUMO kartalarini, HUMO terminallari esa Uzcard kartalarini qabul qilmaydi.

T.me/TelefonZone
501 views03:00
Ochish/sharhlash
2021-04-10 00:08:53
2021-yil bahorining eng kuchli Android-smartfonlari nomi e’lon qilindi

AnTuTu benchmarki mart oyi yakunlari bo‘yicha ishlash samaradorligi eng yuqori bo‘lgan smartfonlar reytingini taqdim etdi. 2021-yilda oldingi ro‘yxat keskin o‘zgarishni boshlagan, chunki Snapdragon 865 protsessori o‘rnatilgan oldingi avlod flagmanlari o‘rniga Snapdragon 888 o‘rnatilgan yangi modellar kelmoqda

Reytingning birinchi pog‘onasidan 16 gigabayt tezkor xotiraga ega geymerlar uchun mo‘ljallangan Asus ROG Phone o‘rin olgan — u va ro‘yxatdagi dastlabki beshta o‘rindagi qurilmalar Snapdragon 888 chipida ishlaydi. ROG Phone boshqa smartfonlari tezkor xotirasining sig‘imi sabab ortda qoldirgan, chunki qolgan modellarda bu 12 gigabaytni tashkil etadi

T.me/TelefonZone
533 views21:08
Ochish/sharhlash
2021-04-06 16:27:10
#LG #Smartfon #Telefonzone

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, u o‘z e'tiborini boshqa istiqbolli sohalarga, jumladan, elektromobillar, buyumlar interneti va biznes uchun yechimlarga mujassamlashtirishni rejalashtirmoqda

LG Electronics kompaniyasi LG Group guruhining bir qismi hisoblanadi va 1995 yildan beri hozirgi nomi bilan ma'lum. Kompaniya mahsulotlari turli maishiy texnika, mobil qurilmalar, aqlli uskunalar, smartfonlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Kompaniyaning LG Mobile Communications bo‘linmasi 1990 yillardan beri mobil telefonlar ishlab chiqaradi. 2004 yilda kompaniya dunyoda birinchi bo‘lib mobil televideniye texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi telefonni (DMB), 2011 yilda esa 3D - displeyli ilk smartfonni (LG Optimus 3D) taqdim etgan. Uning Google Android operatsion tizimi ostida ishlovchi birinchi smartfoni - LG GW620 2009 yilda ishlab chiqarilgan.  

T.me/TelefonZone
517 views13:27
Ochish/sharhlash
2021-03-14 19:20:32
Cubot kompaniyasi o‘zining KingKong seriyasiga kiruvchi yangi smartfoni — KingKong 5 Pro sotuvga chiqqanini ma’lum qildi

Qurilmaning asosiy kamerasi 48 megapikselli Sony datchigi, frontal kamerasi — 25 megapiksell. Smarton Android 11 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

T.me/TelefonZone
558 viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2021-03-13 17:34:32
O‘zbekistonda internet qimmat. Bu bo‘yicha dunyoda 54-o‘rindamiz, Qozog‘iston esa 6-o‘rinda — adliya vaziri

Internet arzonligi bo‘yicha Hindiston 1-o‘rinda – 1 GB internet 9 sent. Qirg‘izistonda – 2 ming so‘m, Qozog‘istonda 6 ming so‘m, O‘zbekistonda esa 16 ming so‘m.

Internet tezligi bo‘yicha esa O‘zbekiston 128-o‘rinda.

"Bizda 100 MB videorolikni yuklab olish uchun 10 daqiqa vaqt ketyapti. Ya’ni bu jarayonda O‘zbekistonda axborot tarqalishi o‘z-o‘zidan sekinlashyapti. Bu degani biz xohlayotgan ma’lumot yetarli darajada odamlarga yetib bormayapti", deya qayd etgan Ruslan Davletov Senat majlisida.

T.me/TelefonZone
853 views14:34
Ochish/sharhlash
2021-03-04 09:57:56
#8D #audio

Xar qanday audioni 8D versiyaga aylantirib beradigan sayt.

Linkga kirib "Browse" tugmasini bosing va audioni tanlab kuting.

Link audioalter.com/8d-audio

T.me/TelefonZone
635 views06:57
Ochish/sharhlash
2021-03-03 21:08:53
Asus kompaniyasi tez orada geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi ROG Phone 5 smartfonining to‘laqonli taqdimotini o‘tkazadi. Yangi qurilma nafaqat qo‘shimcha displey, balki keng hajmli tezkor xotira — 18 gigabaytga ega bo‘lishi kutilmoqda

Hozirga
qadar smartfonlarga o‘rnatilgan eng katta tezkor xotira 16 gigabaytni tashkil etmoqda, biroq odatda u o‘yin uchun mo‘ljallangan flagmanlarga o‘rnatiladi. Zamonaviy “oddiy” qurilmalar 8 gigabaytdan katta tezkor xotira kamdan kam hollarda ega bo‘ladi, eng qimmat iPhone 12 Pro Max’ga masalan, 6 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan.

ROG Phone 5’ga yangi Snapdragon 888 protsessori va 144 gertsli yangilanish chastotasiga ega AMOLED-displey o‘rnatiladi. Yangi chip yaxshilangan sovutish tizimiga qo‘shimcha yordam berishi va muntazam yuklama vaqtida takt chasotasi “tashlab yubormasligini” ta’minlashi kerak. Shuningdek, smartfon sig‘imi 6000 mA/soatga teng akkumulyator bilan jihozlanadi.

T.me/TelefonZone
569 views18:08
Ochish/sharhlash