Get Mystery Box with random crypto!

​​TED tarjimonlari (TED Translators) diqqatiga! Kelayotgan 20 | TED | Uzbek Language

​​TED tarjimonlari (TED Translators) diqqatiga!

Kelayotgan 2021-yildan boshlab, TED ma'ruzalari va darslarini tarjima qilish va subtitrlashtirish bo'yicha platformasini o'zgartirmoqda.

Ya'ni shu paytgacha Amara.org saytidan platforma sifatida foydalanilgan bo'lsa, endilikda CaptionHub.com platformasiga o'tilmoqda.

TED rasmiylarining ma'lum qilishicha, bu tarjima jarayonini yanada osonlashtirish va tezlashtirish uchun qilinmoqda. Tushunishimcha, endi tarjimalarning tasdiqlanishini kutib o'tirishga to'g'ri kelmaydi.

TED tashkiloti har bir TED Translator a'zosi e-mailiga bu haqda xabar jo'natgan bo'lishi kerak.

Amara platformasi orqali boshlab qo'ygan tarjimalaringizni 28-dekabrgacha yakunlashingizni iltimos qilib qolaman. Chunki, ushbu sanadan keyin chiqarilgan tarjimalarni TED CaptionHub'ga export qilmas ekan.

Demak, kerakli resurslarni tarjima qilishda davom etamiz. Shunchaki yil boshida ushbu platformani qanday ishlashini biroz o'rganib olishimiz kerak bo'ladi.

O'zbek tilidagi resurslarni boyitishga ko'maklashayotgan, o'z hissasini qo'shayotgan barcha volontyorlarga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Katta rahmat.

Nazarbek Nazarov (Uzbek Language Coordinator, TED)