Get Mystery Box with random crypto!

TECHNOPROM

Telegram kanalining logotibi tecnoprom — TECHNOPROM T
Telegram kanalining logotibi tecnoprom — TECHNOPROM
Kanal manzili: @tecnoprom
Toifalar: Biznes , Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.71K
Kanalning ta’rifi

Саноат , Ишлаб чиқариш ва Ускуналар блоги!
-----
🔹 Zamonaviy texnologiyalar
🔹 Uskunalar tavsifi va xususiyatlari
🔹 Sanoat ko'rgazmalari va seminarlar
🔹 Ishlab chiqarish zavodlari namoyishi
🔹Tashqi Iqtisodiy faoliyat
admin: @tecnoadmin

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-21 22:12:38
Plastmassa qadoqlash sanoati vakili Uluqi Plastics ta'sischisi Ulugbek Holmatov bilan plastmassa qadoqlash sanoatining dolzarb mavzular va istiqbollari haqida suhbatlashdik, shu jumladan
- "Biodegradable" - Yerga singuvchan plastmassa mahsulotlari
- O'zbekistonda plastmassa xom-ashyo zanjiri muammolari
- Retsept formulasi yaratish. Masterbatch
- Plastmassa ishlab chiqarishda qanday uskuna tanlagan ma'qul
- Plastmassa qayta ishlashdagi muammolar
- Sanoat 4.0 va Tejamkor ishlab chiqarish muhimligi
va boshqa qiziqarli ma'lumotlar berildi.



2.3K views19:12
Ochish/sharhlash
2022-05-15 15:48:19
#Power Uzbekistan ko'rgazmasida Promenergo, Mono-electric, IEC Energy, Europower energiya va TEDOM kabi kompaniyalar ilk bor ishtirok etmoqda.

Ular o'z stendlarida elektr va gaz uchun aqlli o'lchash #asboblari, energiyani hisobga olish tizimlari uchun komponentlar, past kuchlanishli #elektr jihozlari, yuqori voltli kalit va ajratgichlar, quvvat va taqsimlash #transformatorlari, kogeneratsiya uskunalari, temir yo'llarni elektrlashtirish va kommutatsiya tizimlari, shuningdek, markazlashtirilmagan generatsiya, qayta tiklanadigan energiya manbalari, innovatsion chiqindi suvlarni tozalash inshootlari, majmuaviy sanoat avtomatlashtirish loyihalari va boshqalar taqdim etadilar.

Ko'rgazmaga bir haftadan kamroq vaqt qoldi! Shu havola orqali roʻyxatdan oʻting va beijingizni oling https://bit.ly/Power_reg_Uz


Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.7K views12:48
Ochish/sharhlash
2022-04-28 08:34:13
«Ўзбекистон-Хитой» тўқимачилик форуми (Hybrid)
Ўзбекистон Республикасининг Хитойдаги элчихонаси, Хитойнинг тўқимачилик маҳсулотлари импорти ва экспорти савдо палатаси, ҳамда «Ўзтўқимачиликсаноат» уюшмаси ҳамкорлигида Хитой Халқ Республикаси ва Ўзбекистон Республикаси тўқимачилик саноати вакиллари билан онлайн бизнес-форум ўтказилади.
Мазкур онлайн бизнес-форумда Ўзбекистон Республикасининг Хитойдаги элчихонаси вакиллари, Хитойнинг тўқимачилик маҳсулотлари импорти ва экспорти савдо палатаси, Ўзбекистон ва Хитой оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этишлари кутилмоқда.
Вақти: 28 апрель соат 11:00 (Тошкент вақти билан)
Тадбир Zoom платформаси орқали бўлиб ўтади. Иштирок этиш учун:
https://us02web.zoom.us/j/88179242625...
Meeting ID: 881 7924 2625
Passcode: 637907

Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.7K views05:34
Ochish/sharhlash
2022-04-27 10:06:49
Yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki sifatini yaxshilash uchun ko'proq QFD( Quality Function Deployment -1966) dan foydalaniladi chunki bunda mijoz tajribasi va muhandislik xususiyatlari birgalikda qamrab olinsa bo'ladi. Har bir o'zaro mutanosiblikka vazn beriladi.


Ushbu uslubiyat iste'molchining me'yoriy talablarini miqdoriy ko'rsatgichlarga aylantirish, sifatni aks ettiruvchi vazifalarni shakllantirishga va bu sifatga erishish uchun qanday tizimlar va komponentlar hosil qilish kerakligi shu orqali ishlab chiqarish jarayoni elementlarini joriy qilish imkoniyatlari beradi. Hozirda bu Hewlett-Packard, AT&T , Ford , Toyota va GM tomonidan keng qo'llaniladi.

Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.4K views07:06
Ochish/sharhlash
2022-04-25 15:46:19
#expo

Bugun Toshkent shahridagi «Oʻzekspomarkaz» Milliy koʻrgazmalar majmuasida “INNOPROM. Oʻzbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

Koʻrgazma maqsadlari – xalqaro sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarga asoslangan qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratish hamda turli mamlakatlardan kelgan ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini oʻrnatish.

Koʻrgazmaning asosiy boʻlimlari orasida transport va energetika, shaharlar uchun sanoat IT-texnologiyalari, tibbiy asbob-uskunalar va farmatsevtika, metallurgiya va polimer materiallar, shuningdek, yengil sanoat ham bor.


Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.4K views12:46
Ochish/sharhlash
2022-04-23 19:41:31
Technoprom kanalimiz a'zolari!

Turkiya va Xitoydan uskuna va xom-ashyo ta'minotchi kompaniya o'z savdo jamaosiga ikki kishini taklif qiladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda eng kerakli sohaga yo'naltirish va aniq ko'nikmalarga o'rgatish.
6 oy davomida o'rganish davomida 2-3mln oylik beriladi, keyin esa oshiriladi

Networking - sohadagi yaxshi insonlar bilan tanishib, tijorat ko'nikmalarini egallash

Tashqi iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlik yuritish uchun ingliz tilini mukammal o'rganish.
___________________________________________

Talablar esa quyidagicha:

Kompyuter savodxonligi
Savdo-sotiqda tajriba
Chet el bilan ishlash ishtiyoqi bo'lishi kerak.
Ingliz tilini maishiy darajada bilishi.



Agar siz o'zingizni va ushbu kompaniyaning rivojiga hissa qo'shmoqchi bo'lsangiz marhamat aloqaga chiqing: @tecnoadmin
1.5K views16:41
Ochish/sharhlash
2022-04-22 13:09:44
Muhandis va ishbilarmon Selçuk Bayraktarning inqilobiy harbiy texnologiya ixtirosida bosib o'tgan shonli yo'li.

Selçuk Bayraktar Istanbul Texnika universitetining "Aloqa va Elektronika" fakultetini tamomlab, Amerika Qo'shma Shtatlarining Pensilvaniya va MIT universitetlarida magistr darajasida "Yerdan boshqariluvchi uchuvchisiz havo qurilmasi" ilmiy izlanish olib borgan.

Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.3K views10:09
Ochish/sharhlash
2022-04-21 12:19:09
Ишлаб чиқариш корхонаси раҳбари хонасида ускуналар ва операторларни кузатувчи камералар уланган катта телевизорни кўрсам бироз ажабланаман.

Чунки ҳар бир ускунанининг умумий унумдорлиги (ОEE), тўхталишлар ва буюртма режасини диаграммаларда бемалол 1 йил учун чиқариб берувчи ахборот таҳлилий тизимлар чиққанига 40 йилдан ошди.

Бунақа тизимни ўрнатиш яна бир дастгоҳ сармояси билан баробар, самарадорлик эса ўртача 20% га ошади раҳбарнинг вақти билан биргаликда..

Muallif

Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.4K views09:19
Ochish/sharhlash
2022-04-21 10:36:54
Bir haftadan keyin #UzTextileExpo Spring'22 xalqaro ko‘rgazmasi start olmoqda!

#To‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasiga tashrif buyuring va butun texnologik zanjir bo‘ylab Markaziy Osiyo va jahon sanoati yetakchilarining yutuqlari va innovasiyalari bilan tanishing: kalava ip, mato, to‘qima matolar, noto‘qima materiallar, gilam qoplamalari, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi, uy to‘qimachilik mahsulotlari va xokazo.

9 davlatdan (Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston) 120 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi.

Manzil: Anhor Bog'i

Ro‘yxatdan o‘tish http://bit.ly/Textile_reg_uz

Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-04-14 09:37:33
Бугун MebelExpo Uzbekistan 2022 “Ишлаб чиқариш технологиялари. Ёғочга ишлов бериш. Мебел ва бутловчи қисмлар” Халқаро кўргазмасининг охирги куни

Кўргазмада сиз турли хил мебел жиҳозлари ва бутловчи қисмлар, ёғочга ишлов бериш кимёвий моддалари ва технологиялари, уй ва офис учун мебеллар, матраслар ва бошқа кўплаб нарсаларни топишингиз мумкин.

Ҳавола орқали рўйхатдан ўтинг https://bit.ly/Mebel_Kun_tg

Telegram |Facebook | Instagram | TikTok
1.5K views06:37
Ochish/sharhlash