Get Mystery Box with random crypto!

Samsung dunyodagi eng katta smartfon ishlab chiqaruvchisi bo'l | Techno Pro Uz Market

Samsung dunyodagi eng katta smartfon ishlab chiqaruvchisi bo'lsa-da, global iqtisodiyotning yomonlashuvi unga ham birdek ta'sir qilmoqda. Koreyaning Maeil Economic Daily nashrining xabar berishicha, Samsung 2022-yilda rejalashtirganidan 30 million kam smartfon ishlab chiqaradi.
Ma'lum bo'lishicha, qisqartirish kompaniyaning barcha smartfonlar qatoriga, eng byudjet telefonlardan flagmanlargacha ta'sir qiladi. Dastlab, Samsung joriy yilda 310 million dona smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan edi, endilikda bu ko'rsatkich 280 milliongacha kamaytirilgan.
O'z smartfonlari ishlab chiqarilishini kamaytirayotgan kompaniya faqatgina Samsung emas. Janubiy Koreya kompaniyasining asosiy raqibi Apple ham bu yil o'zining iPhone SE qatoridagi smartfonlarini 20 foizga kam, shuningdek, flagma telefonlarini esa o'tgan yilgidek o'zgarmas miqdorda, 220 millionta ishlab chiqarilishi oldin xabar qiligan edi.

online Market | @TechnoProuz_market

@TechnoProuz | Biz bilan texno olamini kuzating