Get Mystery Box with random crypto!

[ Photo ] Humans dan raqam band qilish Hozirda eng shov-shuvg | Technical UZ

[ Photo ]
Humans dan raqam band qilish

Hozirda eng shov-shuvga aylanayotgan operator bu — Humans.

Undan qanday qilib raqam band qilish mumkin. Birinchi https://humans.uz/uz/
saytiga kirasiz va raqamni band qilishni saytning o'zi sizga taklif qiladi. Siz Humans raqamlaridan birini tanlaysiz, sizga bog'lanish uchun raqam so'raydi. Raqamni kiritasiz, sms kod keladi o'sha raqamga, keyin esa smsdagi kodni kiritib maxsus QR kod va buyurtma raqami sizga taqdim etiladi. Undan keyin raqamni va QR kodni rasmga olib yoki skrinshot qilib saqlab quyasiz. Bu raqam va QR kod sizga Humans savdo markazida nomer olishda kerak bo'ladi.

Endi esa keyingi qismga o'tamiz. Sizda savol tug'lishi mumkin. -Men qanday ta'rifga ulanaman, u qancha bo'ladi, - degan. Agar siz Humans raqami bilan qo'shib berilgan Visa kartasiga 300000 so'm depozit tashasangiz sizga bir oyga cheksiz aloqa bonus sifatida beriladi. Ha aytgancha siz 300000 so'm depozitni hoxlagancha ishlatsangiz bo'ladi. Bir oydan keyin esa o'zingiz daqiqa, sms, mb miqdorini tanlaysiz. Humans esa sizga maxsus ta'rif tuzib beradi va bir oylik to'lov miqdorini xisoblab beradi.

Maqolada qandaydir kamchiliklar bo'lsa uzr!

Bizni kuzatishda davom eting: @technical_uz