Get Mystery Box with random crypto!

JavaScript bilan tanishamiz! JavaScript eng mashhur dasturl | TechHub

JavaScript bilan tanishamiz!

JavaScript eng mashhur dasturlash tillaridan biridir.

Veb dasturchilar bilishi kerak boʻlgan 3 ta til va texnologiyalar – HTML, CSS, JavaScript.

Soʻnggi yillardagi statistikaga koʻra, Javascript veb dasturlash sohasida TOP 3 talikdan tushmasdan kelyapti, frontend boʻyicha esa mutlaq monopolist hisoblanadi.

Ushbu tilni yaxshi bilish sizga noldan veb-saytlar yaratish imkonini beradi, bu esa bugungi mehnat bozorida juda kerakli koʻnikma hisoblanadi.

Shuningdek, JavaScript juda koʻp qirrali tildir. Uni oʻzlashtirganingizdan soʻng juda koʻp imkoniyatlarga ega boʻlasiz: frontendda Vue, React yoki Angular yordamida va backendda Node.js yordamida dastur yozishingiz mumkin. Bundan tashqari React Native va Electron yordamida veb, mobil va kompyuter ilovalarini ishlab chiqishingiz mumkin.

JavaScriptni bepul onlayn oʻrganish

TechHub – biz bilan dasturlashni osonroq oʻrganing!

Telegram Instagram Facebook