Get Mystery Box with random crypto!

€600 milliardlik hafsala pir bo‘lishi Yevropa mamlakatlari 5G | TechNews24 📱

€600 milliardlik hafsala pir bo‘lishi

Yevropa mamlakatlari 5G texnologiyasiga yarim trilliondan ziyod sarmoya kiritishdi — ammo bundan hali hech kim yutib chiqmadi. Operatorlar qilingan sarf-xarajatlarni oqlay olmayapti, foydalanuvchilar esa o‘ta tezkor internet uchun ortiqcha pul to‘lashga tayyor emas yoki amalda farqini sezishmayapti. Omdia tadqiqotchilik kompaniyasining boshlig‘i Dario Talmesio "innovatsiyalarni sotish uchun" marketing yurish, deb hisoblaydi. Chunki LTE mijozlarning ehtiyojlarini to‘liq qoplab kelmoqda.

5G o‘zi nima uchun kerak edi?
— Sanoat obyektlari, internetga bog‘liq jihozlar va h.k.

• haydovchisiz avtomobillar uchun
• masofadan turib xirurgik operatsiyalar o‘tkazish uchun
• aralash va qo‘shimcha voqelik texnologiyalari uchun

5G dan samarali foydalanish uchun antenna derazaning ortida yoki xonaning ichida o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. 4G ga nisbatan 5G uch karragacha ko‘proq elektr sarflashi — uning samaradorligini yana bir bor shubha ostiga qo‘yadi.
___

Разочарование ценой в €600 млрд

Страны Европы инвестировали больше половины триллиона в 5G — но никто от этого не выиграл. Операторы не могут окупить большие вложения, а пользователи не готовы переплачивать за сверхскорость или не чувствуют разницы на практике. Глава исследовательской фирмы Omdia Дарио Талмесио сообщила, что 5G — это маркетинговый ход "для продажи инноваций". Потому как LTE полностью покрывает потребности пользователей связи.

Для чего реально был необходим 5G?
— Для промышленных объектов, интернет-вещей и т.д.

• беспилотные автомобили
• дистанционные хирургические операции
• дополненная и смешанная реальность

Чтобы почувствовать ощутимый эффект от 5G, нужно, чтобы "вышка" была установлена прямо за окном или внутри помещения. Сомнения в эффективности подкрепляются ещё тем, что 5G расходует примерно в 3 раза больше электроэнергии, чем 4G.