Get Mystery Box with random crypto!

Xo‘sh, teatr nima o‘zi? Bu tushunchaning ma’nosi keng. Teatr d | Teatr San'ati™

Xo‘sh, teatr nima o‘zi? Bu tushunchaning ma’nosi keng. Teatr deganda, avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektaklning o‘zi; tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino hamdir. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi. Sahna asarining ta’siri juda kuchli. Sababi nimada?

Teatr san’ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o‘tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko‘pchilik bo‘lib tayyorlangan sahna asari tomoshabinga ko‘rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe’l-atvorli kishilarning qiyofalarini gavdalantiradilar, tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o‘ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo‘rttirib aks ettiriladi.