Get Mystery Box with random crypto!

Google Translate bu - biz. Oramizda ko'pchilik Google Transla | Teamwork.uz (фриланс площадка)

Google Translate bu - biz.
Oramizda ko'pchilik Google Translate qiladigan tarjimalarni yomon ko'radi, masxaralaydi yoki unga umuman ishonmaydi. Lekin aslida Google Translate bu biz o'zimiz ekanligimizdan ularning xabari yo'q. Google Translate bu qandaydir uchinchi shaxs vakili emas, u chetdan turib xuddi o'zini o'zbekchani biladigandek ko'rsatadigan ingliz emas.
Google Translate bu - biz. Men, siz, biz bilgan va bilmagan barcha o'zbeklar ushbu Google Translate qanchalik aniq tarjima qilishiga javobgarmiz. Agar siz o'zbekchani bilsangiz, demak siz uni yaxshilashga o'z hissangizni oz bo'lsa ham qo'sha olasiz.
Google Translate'ning shunday xususiyati bor: agar siz tarjima qilgan so'z noto'g'ri bo'lsa, shu yerning o'zida uning to'g'ri variantini taklif qila olasiz. Google Translate esa kelasi safar qo'shningiz xuddi shu so'zni tarjima qilish uchun kiritganida, siz taklif etgan variantni ko'rsatadi. Agar siz ham biroz noto'g'ri variantni taklif etgan bo'lsangiz, endi qo'shningiz ham uni to'g'rilangan variantini Google Translate'ga taklif eta oladi. Qarabsizki, biz bir-birmizning xatolarimizni to'g'rilab, Google Translate'ning sifatini oshira olamiz.
Bundan 5 yilcha oldin Google Translate hatto ingliz tilidan rus tiliga ham rasvo tarjima qilardi. Ammo hozir ingliz-rus yoki rus-ingliz tarjima ham 80-90% aniq chiqadi. Bunga sabab ruslar yillar davomida Google Translate'ni ishlatib, to'g'ri variantlarni taklif etganidir.
Keling, biz ham haftaning qaysidir bir kunini Google Translate kuni etib belgilasak! O'sha kuni guruhda hamma 5-10 daqiqa vaqtini Google Translate'dagi so'zlarni to'g'rilash bilan o'tkazsa, o'zbek tili ham ishonchli tarjimalar bilan boyirdi.
Buning uchun sizdan ko'p narsa talab qilinmaydi. Google Translate Help Community'ga a'zo bo'lish uchun allaqachon mavjud emailingiz orqali kirsangiz kifoya. Quyidagiga bosing: https://translate.google.com/about/contribute/ va 'Boshlash' tugmasini bosing. Qolganini esa o'zingiz tushunib davom etib keta olasiz.