Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Android dasturlash kursining dars jarayonlar | Teamwork.uz (фриланс площадка)

Assalomu alaykum.
Android dasturlash kursining dars jarayonlarini yozib olib youtube kanalimga qo'yib borishni maqsad qilgan edim. Yaqin bir oydan boshlab buni amalga oshirdim. Hozirda java darslari qo'yib bo'lindi.
Endi java qismidan keyin Androidning asosiy darslari qo'yib borishni boshladim.
Umumiy Youtube kanalimga qo'yiladigan darslarim soni taxminan 80-90 tani tashkil qiladi.
Darslarga ozgina ishlov berishga vaqt ketmoqda. Haftada maksimal 2 tadan video-dars qo'yiladi.
Sizdek yaqinlarimizdan bitta talabimiz Youtube kanalimga a'zo bo'lib, bu video-darsliklarni boshqalarga ham ulashing. Bu darslar hammamiz uchun manfaatli va albatta foydali bo'lsin. Sanjar Suvonov