Get Mystery Box with random crypto!

Karyera zinapoyasini 10 barobar tezroq ko'tarilishga imkon ber | Teamwork.uz (фриланс площадка)

Karyera zinapoyasini 10 barobar tezroq ko'tarilishga imkon beradigan 11 ta maslahat

Oddiy xodimdan boshliqqacha bo'lgan yo'l yillar ketishii mumkin. Yaxshiyamki, agar muayyan xatti-harakatlarga rioya qilinsa, uni tezlashtirish mumkin. Tvitterdagi sahifasida tadbirkor va Figure asoschisi Brett Adkok sizga professional sifatida tezroq o'sishga yordam berish uchun ushbu "chit kodlarini" taklif qildi.

Doim Yechimlarni taklif qiling
Muammoni shunchaki ko'rsatishning o'zi etarli emas. Buning o'rniga, ularga nima noto'g'ri bo'lganini va nima uchun muhimligini ayting va uchta mumkin bo'lgan echimni taklif qiling.

Kun tartibisiz yig'ilishlarga bormang
Maqsad va rejasiz vaqtingizni behuda sarflash xavfi bor. Bunday holda, kun tartibini o'zingiz taklif qiling yoki iloji bo'lsa, uchrashuvni o'tkazib yuboring.

Tafsilotlarni diqqat bilan kuzating
Hamma joyda eng kichik tafsilotlarga e'tibor bering: dizaynda, matnlarda, kodda. Bu sizning foydangizga bo'ladi, chunki ko'pchilik ularni sezmaydi.

Tafsilotlar bilan boyitilgan ma’lumotlarni ulashinb boring
Hech qachon odamlar sodir bo'layotgan voqealarning barcha tafsilotlari shundoq ham bilishadi deb o'ylamang. Har doim yangilanishlar, to'siqlar, yechimlar, asosiy nuqtalar va g'oyalar haqida xabar bering.

Fikr-mulohazalarni qadrlang
Teskari aloqa tez rivojlanishiga yordam beradi. Boshqa odamlarning tavsiyalarini tinglang va ularga rioya qiling, shuningdek, o'zingiznikini berishni unutmang.

Yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantiring
Odamlar va jarayonlarni boshqarish qobiliyati tug'ma mahorat emas. Buni, hatto rahbarlik lavozimida bo'lmasangiz ham, harakat orqali o'rganish mumkin. Shuning uchun, vazifalarni bajarish uchun mas'uliyatni o'z zimmangizga oling, menejerga yordam bering va hamkasblar bilan munosabatlarni o'rnating.

Rostgo’y bo’ling
Bu eng muhim sifat. Ochko'zlik va hasad sizni muvaffaqiyatli martaba qurishingizga xalaqit bermasin.

O'zingizga maqsad qo'ying
Ko'proq daromad olish imkoniyati ajoyib motivatordir. Faqat maqsadgina yo'limizdan voz kechmaslikka yordam beradi.

Istalgan natijalarni oldindan aniqlab oling
Birinchidan, qanday natijalarga intilayotganingizni o'ylab ko'ring. Shundan keyingina sizning qarashingizni amalga oshirishga yordam beradigan g'oyalarni shakllantiring.

Hamkasblaringiz pand berib qo’ymang.
Vazifalaringizni oldindan rejalashtiring va bajarilganligi haqida boshqalarga xabar bering. Butun bo'lim ishini buzadigan xodimga aylanmang.

Ishlarni bajaring, ularni shunchaki topshiriq berib qutildim deb o'ylamang
Rahbar bo'lgan bo'lsangiz ham, ilgari ishlagan vazifalarni bajarishda davom eting. Xodimlar o'z boshliqlarining ular bilan birga loyiha ustida ishlashinii xohlashadi va ularni amalga oshirishga hech qanday hissa qo'shmasdan strategiyalar haqida o'ylashini emas.
Manba.

@teamwork_uz