Get Mystery Box with random crypto!

​​#Fikrlar #Motive #Fikrlarimiz Ba'zan manzilga yetguncha yo | Team A

​​#Fikrlar #Motive #Fikrlarimiz

Ba'zan manzilga yetguncha yo'l bo'yi oqimga qarshi suzishingga to'g'ri keladi. To'g'ri, safaring og'ir bo'ladi. Manzilga yaqinlashtiruvchi har bir qadam tinka madoringni qurita boshlaydi. Taslim bo'lishni xohlaysan. Yo'lning o'rtasiga kelganingda sen uchun eng og'ir sinov boshlanadi. Oqimga qarshi suzishni davom etib manzilga yetish, yoki qarshilik ko'rsatmay ortga qaytish. Tanlov seniki. Oldingda turgan hayot ummoni ufqlarida sen ko'zlagan manzil yashiringan. Uni ko'rmaganing uchun ham taslim bo'lib, ortga qaytishni istashing mumkin. Ko'pchilik shunday qiladi ham. Bunday vaqtda ishonch - yo'lni davom ettirishing uchun yordam beradi. Suzishda davom etsang, senga yuborilgan har bir to'lqinga bardosh berib, olg'a harakatlansang bir kun manzil ko'rina boshlaydi va ortda qolgan qiyinchiliklarni unuta boshlaysan, yangilarini yengish uchun esa kuchga to'lasan.
Nihoyat manzilga yetasan...
"..."

@MotiveToSuccess
Birgalikda marralar sari