Get Mystery Box with random crypto!

​Zamonaviy so'zlar Hello do'stlar, ingliz tilini o'rganishd | Teacher Azam

Zamonaviy so'zlar

Hello do'stlar, ingliz tilini o'rganishda davom etamiz. Ingliz tili rivojlangani sari unga yangi so'zlar ham qo'shilib bormoqda va undagi so'zlar ham turli xil tillarda tarjima qilinmasdan to'g'ridan-to'g'ri ham ishlatilmoqda. Keling hozir ulardan biz eng ko'p duch keladiganlarimizni o'rganib olamiz.

CV (Curriculum vitae) - karyera, mahorat, olgan ta'limingiz (ya'ni qayerda qanday ta'lim olganingiz)ning qisqacha bayonoti.

Portfolio - biror bir ishga kirishga harakat qilayotganingizda sizdan portfolio so'rashligi mumkin. Portfolio sizning sertifikatlaringiz, siz tayyorlagan eski ishlaringizning namunalari va tavsiyanomlarni o'z ichiga olishi mumkin.

SMM (Social Media Marketing) - qisqacha qilib aytganda biror bir maxsulot, xizmat yoki brendni rivojlantirish yoki reklama qilish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish.

CEO - kompaniyaga oid qarorlarni qabul qiluvchi shaxs, eng katta lavozim egasi (bosh direktor).

Agar bu so'zlar sizga tushunarli bo'lgan bo'lsa, ularni ishlatgan holda murakkab gaplar tuzishga harakat qiling. Eng zo'rlariga javob qaytarishga harakat qilaman.

Kanalga ulanish
@teacherazam